Exness DXY spredlari: endi bozor o‘rtacha ko‘rsatkichidan 83%-ga past
AQSh dollari indeksi (DXY) bozordagi eng likvid indekslardan biri bo‘lib, AQSh dollari kuchining asosiy etaloni hisoblanadi. Ta’siri yuqori yangiliklar paytida treyderlar ko‘pincha avval DXY’ni tekshiradi, chunki u bozorning dollarga umumiy munosabatini umumiy ko‘rinishda ko‘rsatadi.
CPI e’loni bo‘ladimi, Nonfarm payrolls hisobotimi yoki Federal Reserve qarorimi — bu voqealar bir vaqtning o‘zida bir nechta instrumentlarda dollar narxiga ta’sir qilishi mumkin. DXY esa bozorning dollarga munosabatini kuzatish eng oson bo‘lgan joydir.
Exness’da biz yaqinda asosiy bozorlardagi narxlashni yangiladik va o‘rtacha DXY spredlarimizni sanoat o‘rtacha ko‘rsatkichidan 83%-ga past darajagacha tushirdik — bu boshqa to‘qqizta yirik brokerning o‘rtacha spredlariga nisbatan qariyb 6 baravar torroq.
CPI, Nonfarm payrolls yoki Federal Reserve qarorlari e’lon qilinishi atrofida DXY bilan savdo qiluvchi treyderlar uchun tor spredlar, bozor volatilligi paytida katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Nega sanoatdagi o‘rtacha narxni to‘laysiz?
Bizning foreks spredlarimiz 15 ta boshqa yirik, ishonchli brokerlarning o‘rtacha spredlaridan 50%-ga past.*
Exness Pro hisobidagi spredlar 2026-yil 5–10 aprel haftasida 28 ta asosiy va ikkilamchi foreks juftliklarida, brokerlar bo‘yicha eng tor faqat spredli hisoblar taqqoslanganda, 15 ta boshqa brokerning o‘rtacha spredlaridan 50%-ga past bo‘lgan.
DXY spredlarimizni qanday taqqosladik
Biz arzon xarajatlar haqidagi qat’iy da’volar sohada tez-tez uchrashini tushunamiz, biroq imkon qadar xolis bo‘lish uchun Pro hisobimizdagi DXY spredlarini boshqa brokerlar taklif qiladigan eng tor komissiyasiz hisob turlari bilan taqqosladik.
Ushbu tahlil uchun 2026-yil 29-martdan 4-aprelgacha bo‘lgan davrda yana 10 ta broker bo‘yicha DXY narxlashini ko‘rib chiqdik va ayni instrumentni bir xil sharoitlarda taqqosladik. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, o‘sha davrda Exness DXY spredlari sanoat o‘rtacha ko‘rsatkichidan 83%-ga past va etalon sifatida olingan bozor o‘rtacha sprediga nisbatan qariyb 6 baravar torroq bo‘lgan.
Tarixiy narxlarimizni Tiklar tarixi sahifasiga kirib tekshirishingiz yoki veb-saytimizdagi DXY narx diagrammasi orqali DXY spredlarimiz real vaqt rejimida qanday ekanini ko‘rishingiz mumkin.
Exness’da DXY savdosi qanday ishlaydi
Exness platformasida DXY bilan CFD (farq uchun shartnoma) sifatida savdo qilishingiz mumkin — foreksdagi asosiy va ikkilamchi valyuta juftliklari, neft hamda oltin bilan bir qatorda. CFD’lar asosiy aktiv hisoblangan valyutalarga egalik qilmasdan turib, indeks narxining yo‘nalishi bo‘yicha pozitsiya ochish imkonini beradi.
DXY bo‘yicha savdo qilish, shuningdek, oltita alohida valyuta juftligi bilan savdo qilishdan ko‘ra qulayroq bo‘lishi mumkin. DXY bilan bevosita savdo qilganingizda, aslida bir savdoda dollar harakatini oltita asosiy valyutaga nisbatan qamrab olasiz va spredni faqat bir marta to‘laysiz.
Biroq DXY barcha global valyutalarning teng ulushli ifodasi/aks ettiruvchisi emas. Unda yevro ulushi juda yuqori — u indeks umumiy vaznining qariyb 57%-ini tashkil qiladi. Qolgan ulushlar esa yapon iyenasi (13,6%), britan funti (11,9%), Kanada dollari (9,1%), shved kronasi (4,2%) va shveytsar franki (3,6%) o‘rtasida taqsimlangan.
Kengroq makro harakatlarni kuzatadigan treyderlar indekslar bo‘yicha CFD’larimizning kengroq diapazonini ham ko‘rib chiqishi mumkin.
DXY oltin va boshqa asosiy aktivlar bilan qanday bog‘liq
DXY va yevro
Indeks savatining yarmidan ko‘pi yevroga to‘g‘ri kelgani uchun DXY va EURUSD juftligi qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qiladi: yevro yoki EURUSD qiymati oshsa, DXY ko‘pincha pasayadi va aksincha ham sodir bo‘ladi.
Ko‘plab treyderlar ushbu ikki instrument o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikdan tasdiqlash vositasi sifatida foydalanadi. Agar EURUSD’da trend paydo bo‘lib, DXY uni qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanishi orqali tasdiqlasa, bu umumiy trendning yanada kuchli ekanidan darak berishi mumkin.
DXY va oltin
Oltin AQSh dollarida narxlanishini inobatga olsak, DXY odatda oltin bilan teskari bog‘liqlikka ega. DXY ko‘tarilganda (dollar kuchayganda), oltin odatda xalqaro xaridorlar uchun qimmatlashadi, bu esa uning narxi pasayishiga olib keladi.
DXY va US30
Juda kuchli dollar chet elda faoliyat yuritadigan AQSh kompaniyalarining daromadiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, jumladan buni US30 (Dow Jones Industrial Average) tarkibidagi kompaniyalar misolida ham ko‘rish mumkin. Biroq, agar AQSh iqtisodiyoti dunyoning qolgan qismiga nisbatan yaxshiroq natija ko‘rsatayotgan bo‘lsa, US30 va DXY ko‘pincha birga ko‘tariladi.
Exness Terminalida DXY bilan savdo qilish
Exness Terminali va savdo platformalarimiz diapazoni orqali DXY, shuningdek, biz taklif qiladigan barcha foreks juftliklari, neft, oltin va boshqa ommabop bozorlarda savdo qilishingiz mumkin.
Exness hisobini ro‘yxatdan o‘tkazib, Exness Terminaliga kirganingizdan so‘ng, indeksni turli vaqt oraligʻlarida kuzatishingiz mumkin bo‘ladi. Bu esa savdo qilishdan oldin trendlarni aniqlashga yordam beradi.
Agar real pul ishlatmasdan, jonli bozor sharoitida DXY bilan savdo qilishni sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, demo savdo hisobimizdan foydalanib ko‘rishingiz mumkin. Bu sizga hech qanday xavf-xatarsiz turli bozor sessiyalari davomida narxlarimiz o‘zini qanday tutishini kuzatish imkonini beradi
Yanada qulayroq narxlarni izlayotgan tajribali treyderlar Pro hisob uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: u komissiya to‘lovisiz savdo qilish imkonini beradi va sohadagi eng past DXY spredlarini taklif qiladi.1
Asosiy xulosalar
- DXY treyderlarga bir nechta USD juftliklariga tarqatmasdan, AQSh dollarining umumiy kuchini sodda tarzda kuzatish imkonini beradi. Shu sababli indeks odatda Fed qarorlari, inflyatsiya ma’lumotlari va bozordagi yirik harakatlar atrofida yanada faolroq bo‘ladi. Treyderlar dollarni aynan o‘zi bo‘yicha yanada aniqroq tasavvurga ega bo‘lishni xohlaganda, DXY ko‘pincha ular kuzatadigan birinchi bozorlardan biri bo‘ladi.
- Past spredlar bu savdoga kirish va undan chiqishni arzonlashtiradi, ayniqsa bozor gavjum bo‘lgan, narxlar eng muhim ahamiyat kasb etadigan davrlarda. Exness’da Pro hisoblarda DXY spredlari brokerlar taqqoslovimizga ko‘ra soha o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha past bo‘ldi — bu treyderlarga bozordagi dollarning asosiy etalonlaridan biri bo‘yicha yanada torroq narxlarni taqdim etadi.
- DXY bilan bir qatorda treyderlar foreks, oltin, neft va boshqa ommabop CFDlarga ham aynan shu platformada kirishlari mumkin. Bu dollar harakatlari bozorning qolgan qismiga qanday ta’sir qilishini kuzatishni osonlashtiradi.
FAQ
Exness’da DXY bilan qanday savdo qilish mumkin?
Agar sizda Exness savdo hisobi bo‘lsa, savdo terminalingizga kirib, DXY belgisini qidirishingiz mumkin. So‘ngra dollar umumiy yo‘nalishi haqidagi qarashingizga qarab, buy yoki sell pozitsiyasini ochishingiz mumkin.
Exness’da DXY spredlari qanday?
2026-yilgi ma’lumotlarimizga ko‘ra, Pro hisoblarda DXY spredlari soha o‘rtacha ko‘rsatkichidan taxminan 83% past bo‘ladi. Jonli spredlarimizni ko‘rish uchun veb-saytimizdagi DXY narx diagrammasini tekshirishingiz mumkin.
DXY indeksida qaysi valyutalar bor?
Indeks yevro, Yaponiya iyenasi, Britaniya funti, Kanada dollari, Shvetsiya kronasi va Shveytsariya frankidan iborat.
DXY narxlari nima sababdan o‘zgaradi?
AQSh dollari indeks tarkibidagi valyutalarga nisbatan mustahkamlanganda, DXY ko‘tariladi. Asosiy omillar odatda Federal rezerv siyosati bo‘yicha kutilmalar, inflyatsiya ma’lumotlari, mehnat bozori hisobotlari hamda bozorning umumiy xavfga munosabati hisoblanadi.
DXY oltin bilan qanday bog‘liq?
DXY va oltin ko‘pincha qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qiladi, chunki oltin AQSh dollarida narxlanadi. Dollar mustahkamlanganda, oltin qimmatlashishi mumkin, bu esa narxga bosim o‘tkazadi Biroq, riskdan qochish davrlarida oltin ham, dollar ham birga ko‘tarilishi mumkin, chunki ikkalasi ham «xavfsiz boshpana» sifatida qaraladi.
DXY va USD juftliklari o‘rtasidagi farq nimada?
Ko‘plab treyderlar bir nechta USD juftliklari bo‘yicha alohida savdo qilmasdan, dollarning o‘z yo‘nalishi bo‘yicha savdo qilishni xohlaganda DXY’dan foydalanadi. Bitta DXY pozitsiyasi treyderlarga bitta instrument va bitta spred orqali dollarning umumiy kuchayishi ta’siriga ega bo‘lish imkonini beradi
Bu investitsiya bo‘yicha maslahat emas. O‘tgan natijalar kelajakdagi daromadlarning kafolati emas. Kapitalingiz xavf ostida, iltimos, mas’uliyat bilan savdo qiling.
- 2026-yil 29-mart – 4-aprel haftasida brokerlar bo‘yicha eng tor faqat spredli hisoblar taqqoslanganda, Exness Pro hisobida 10 ta broker orasida eng past o‘rtacha spredlar qayd etildi.